Germaniya kasb-hunar ta'limi haqida O´zbek tilida ma'lumot
Germaniyada kasb-hunar ta'limi va o'qitish bo'yicha O´zbek tilida chuqur ma'lumot qidiryapsizmi? GOVET Germaniya kasb-hunar ta'limi va o'qitish hamda kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo'yicha tanlangan kontentni O´zbek tilida taqdim etadi.
GOVET Germaniya kasb-hunar ta'limi va o'qitish hamda kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo'yicha tanlangan ma'lumotlarni O´zbek tilida taqdim etadi. Ushbu internet sahifasi Germaniyada kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasidagi asosiy mavzularga - dastlabki tayyorgarlikdan tortib, uzluksiz ta'limgacha va malakali mutaxassislarni jalb qilishgacha qisqacha ma´lumotni taklif etadi.
Asosiy e´tibor dual kasbiy ta´limga qaratiladi. Bu kasb-hunar ta´limi amaliyot qismini ish joyidagi o'qitishni, kasb-hunar ta´limini nazariy qismini kasb-hunat maktabida o'qitish bilan birlashtiradi. Bu asosda, talabalar ikki kasb-hunar o´qitish joyida kasbiy ko'nikmalarni qo´lga kiritadilar. Bu jarayonda shirkatlarga, kasb-hunar maktablariga, talabalarga, savdo palatalariga, ijtimoiy hamkorlar va davlat idoralarini har biriga ushbu tizim doirasida o'z majburiyatlari yuklatilgan.
Ushbu ma´lumotlar mutaxassis muhokamalar yuritish, delegatsiyalar, maslahat jarayonlari olib borish, xalqaro tadbirlar yoki nemis ta'limi va kasb-hunar ta'limi bo'yicha ma'lumotga ehtiyoji bo'lgan hamkorlar bilan O´zbek tilida ma´lumot almashish uchun mo´ljallangan.
GOVET bir nechta tillarda takliflarni taqdim etadi
GOVET internet sahifasi alohida til versiyalariga internet sahifasining yuqori o'ng burchagida joylashgan til tanlash tugmasi orqali kirish mumkin. Ma'lumotlar O´zbek tilidan tashqari boshqa tillarda ham mavjud.
Turli tildagi sahifalar, xususan, kasb-hunar ta'limi mutaxassislari, siyosiy qaror qabul qiluvchilar tomonlar, muassasalar va uyushmalar vakillari, xorijiy vakillar va xalqaro hamkorlikdagi boshqa ishtirokchilarga qaratilgan.
Qo'shimcha ma'lumot
GOVET Germaniya Federal hukumatning kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo'yicha markaziy idorasi bo'lib, Federal kasb-hunar ta'limi va o'qitish instituti tarkibida joylashgan. GOVET Federal hukumatning kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasidagi xalqaro hamkorligini qo'llab-quvvatlaydi hamda ikki tomonlama hamkorlik va Germaniya kasb-hunar ta'limi va o'qitish sohasidagi xalqaro hamkorlik haqida xalqaro miqyosda ma'lumot beradi.
O´zbek va boshqa tillardagi sahifalari qisqacha ma'lumot beradi. Ta'lim, o'qitish va xalqaro kasb-hunar ta'limi hamkorligi mavzularidagi batafsil ma'lumotlar, mavzular, yangiliklar va PowerPoint taqdimotlari va videolar kabi materiallar - GOVETning nemis va ingliz tillaridagi internet sahifasida mavjud.