Biz kimmiz va nima qilamiz?
Germaniyadagi kasbiy ta’lim bo’yicha markaziy aloqa nuqtasi sifatida GOVET kasbiy ta’lim sohasidagi manfaatdor tomonlarga ma’lumot, maslahat beradi va ular o’rtasida aloqa tarmoqlarini o’rnatadi, ularning tajribasini birlashtiradi hamda axborot materiallarini turli tillarda taqdim etadi. Hamkor davlatlarga Germaniya hukumati xalqaro hamkorlik doirasida, ularning so’rovi asosida, kasbiy ta’lim tizimlarini rivojlantirishda yordam beradi. Tegishli asos 2013 yilda qabul qilingan va 2019 yilda yangilangan Federal Hukumatning kasbiy ta’lim bo’yicha xalqaro hamkorlik strategiyasidir. Federal Kasbiy ta’lim Instituti (BIBB) tarkibiga kiritilgani tufayli GOVET kasbiy ta’limning barcha sohalari bo’yicha maslahatlar bera oladi.
Bu bizning veb-saytimizdan olingan ma’lumotlarning bir qismi. To’liq ma’lumot uchun nemis yoki ingliz tilidagi veb-saytimizga tashrif buyuring.
GOVET haqida
„Yo'l ko'rsatuvchi vazifasini“ bajaruvchi markaziy aloqa nuqtasi sifatida GOVET kasbiy ta'lim bo'yicha hamkorlikda ishtirok etayotgan manfaatdor tomonlarga ma'lumot va maslahatlar beradi, ular o'rtasida aloqa tarmoqlarini o‘rnatadi va ularning tajribasini birlashtiradi.
Germaniya kasbiy ta’lim tizimi – tamoyillari va tuzilishi
Germaniya kasbiy ta’lim tizimi umumiy ta'lim tizimining muhim tarkibiy qismi bo'lib, mehnat olami bilan chambarchas bog'liq. U yoshlar va kattalarga malakali kasbiy ta’lim olish uchun xilma-xil imkoniyatlarni taklif etadi va amaliy yo'naltirilganligi, oliy ta’limga o’tish imkonini berganligi hamda davlat, biznes sektori hamda ijtimoiy sheriklar o'rtasidagi hamkorlik bilan ajralib turadi.
Ikki tizim: ikkj joyada o'rganish
Germaniya kasbiy ta’lim tizimining o’zagini dual ta’lim tashkil etadi. "Dual" atamasi ta’lim ikkita o’quv maskanida – o’quv korxonada va kasb-hunar maktabida – o’tishini anglatadi. Korxonada amaliy ish tajribasi bilan maktabdagi nazariyaning o’zaro uzviy bog’liqligi shogirdlarni zamonaviy mehnat bozorining talablariga eng samarali usulda tayyorlaydi.
GOVET taqdimotlari
Germaniyada va xorijda qiziqqan tomonlarga Germaniyaning kasbiy ta'lim va tayyorgarlik tizimiga oid turli mavzularda ma'lumot beradi. Taqdimotlar bir nechta tillarda PowerPoint va PDF fayllari ko'rinishida yuklab olish uchun mavjud.
Ingliz tilidagi taqdimotlar joylashgan sahifaga o'tish uchun bu yerni bosing
GOVET videolari
GOVET Germaniyada kasbiy tayyorgarlik hamda kasbiy tayyorgarlik sohasidagi xalqaro hamkorlik bo'yicha bir nechta tillarda keng ko'lamli videolarni taklif etadi.
Huquqiy bildirishnoma: Eslatma
Ushbu bo'limda faqatgina Germaniyaning kasb-hunar ta'limi tizimi haqidagi ma'lumotlar keltirilgan.
Shogirdlik o'rinlari yoki xorijiy malakalarni tan olish bo'yicha aniq ma'lumotlarni quyida keltirilgan hamkorlarimizga havolalar orqali topishingiz mumkin:
Germaniyada amalga oshiring
'Germaniyada amalga oshiring' nima taklif etadi?
Ushbu portalda Germaniyaga ko'chib o'tishni istaganlar ko'chib o'tishni muvaffaqiyatli rejalashtirish bo'yicha ma'lumot topishlari mumkin: tayyorgarlikdan tortib Germaniyaga kelish va birinchi qadamlargacha.
Germaniyada tan olinish haqida
Veb-sayt 2012-yil 1-aprelda, Malakalarni tan olish to'g'risidagi Qonun kuchga kirganida ishga tushirildi. Portalni Kasbiy ta'lim va tayyorgarlik bo'yicha Federal institut (BIBB) nashr etadi.
'Anerkennung in Deutschland'ning ingliz tilidagi veb-saytiga tashrif buyurish uchun bu yerni bosing