BP:
 

GOVET haqida

 This comic-style illustration shows a woman and a man at a GOVET information stand providing guidance on dual VET system. Icons for school and company in the front highlight the combo of learning and working.

Biz kimmiz va nima qilamiz 

„Yo'l ko'rsatuvchi vazifasini“ bajaruvchi markaziy aloqa nuqtasi sifatida GOVET kasbiy ta'lim bo'yicha hamkorlikda ishtirok etayotgan manfaatdor tomonlarga ma'lumot va maslahatlar beradi, ular o'rtasida aloqa tarmoqlarini o‘rnatadi va ularning tajribasini birlashtiradi.

Ko'plab mamlakatlar Germaniyaning kasbiy ta'lim tizimiga katta qiziqish bildiradi. Germaniyaning dual kasbiy ta’lim tizimi xalqaro miqyosda muvaffaqiyat modeli deb hisoblanadi. Germaniya hukumati xalqaro hamkorlik doirasida hamkor mamlakatlarning tegishli so'rovi asosida ularga o'z kasbiy ta’lim tizimlarini rivojlantirishda ko'mak beradi. Buning uchun asos – 2013 yilda qabul qilingan va 2019 yilda yangilangan Federal hukumatning xalqaro kasbiy ta’lim bo’yicha hamkorlik strategiyasidir. GOVET Federal kasbiy ta’lim instituti (BIBB) tarkibiga kiritilgani tufayli kasbiy ta’limning barcha jihatlari bo'yicha maslahat bera oladi.

Ma'lumot va maslahatlar

Biz Germaniyada va xorijda Germaniyaning kasbiy ta’lim tizimi qanday ishlashini bilmoqchi bo'lganlar hamda kasbiy ta’lim bo'yicha xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini izlayotganlar uchun aloqa manzilimiz. Savolingiz bormi? Sizga bajonidil yordam beramiz.

Kasbiy ta’lim bo'yicha mutaxassislar o’rtasida dialog

Tegishli so'rov asosida GOVET butun dunyo bo'ylab kasbiy ta’lim bo'yicha mutaxassislar va rahbar xodimlar delegatsiyalariga Germaniyaning kasbiy ta’limi bilan bog'liq tajriba va mavzular haqida ma'lumot beradi. Uchrashuvlar delegatsiyalarning qiziqishlariga aniq moslashtirilgan holda tashkillashtirilib, nafaqat ixtisoslashgan ma'lumot, balki muhokama va o'zaro o'rganish imkoniyatlarini ham yaratadi. Mutaxassislar o’rtasida dialoglar tegishli talab va sharoitlarga moslashtiriladi va virtual formatda ham o'tkaziladi. Qo'shimcha ma'lumotlarni ingliz tilida bu yerdan olishingiz mumkin.

Davra suhbati doirasida fikr almashish va aloqa tarmoqlarini o'rnatish

Ko'plab nemis korxona va tashkilotlari chet el mamlakatlarida kasbiy ta'limni rivojlantirishda faol ishtirok etishadi. Ular bir biri bilan ishlarini muvofiqlashtirish, umumiy masalalarni muhokama qilish va qo'shma loyihalarni ilgari surish maqsadida muntazam ravishda davra suhbatlari doirasida uchrashib turadi. Shu tariqa mazkur nemis tashkilotlari hamkor mamlakatlarda muvofiqlashtirilgan yaxlit tuzilma sifatida faoliyat yuritadilar. „Davra suhbati“ (Runder Tisch) deb ataladigan maxsus kengashda federal vazirliklar, federal o‘lkalar, vazirliklarga qarashli muassasalar, ijrochi-tashkilotlar va tegishli palatalar, shuningdek ijtimoiy sheriklar hamda turli uyushmalar, birlashmalar va tashkilotlar ishtirok etishadi. Ular o'z masalalarini Davra suhbati kotibiyati – GOVET – orqali Davra suhbatiga kiritadi. Davra suhbati haqida qo'shimcha ma'lumot ingliz tilida veb-saytimizda mavjud.

Dual hamkorlik tashabbuslarining Germaniya ta’lim vazirligi tomonidan qo'llab-quvvatlanishi

GOVETning yana bir muhim vazifasi – ikkitomonlama mamlakatlararo hamkorlik doirasida hamkorlik va maslahatchilik tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Xalqaro hamkorlar bilan birgalikda loyihalar yo’lga qo’yiladi va qo'llab-quvvatlanadi. Hozirda Germaniyaning ta'lim, oila, keksalar, ayollar va yoshlar ishlari vazirligi nomidan beshta Yevropa Ittifoqiga a‘zo va o'nta Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan mamlakat bilan dual hamkorlik tashabbuslariga texnik yordam ko'rsatilmoqda.

Aloqa

Savolingiz bormi? Iltimos, biz bilan bog'laning. So'rovingizni ingliz yoki nemis tilida elektron pochta orqali yuborishingizni so’raymiz. Tushunganingiz va ko’magingiz uchun katta rahmat!